Men ishlab chiqqan web-platforma telekommunikatsiya tarmoqlarida uchraydigan kiberxavfsizlik muammolarini tahlil qilish va ularga qarshi xavfsizlik choralarini tavsiya etish uchun mo'ljallangan.

Tizimda foydalanuvchi tarmoq turi va tahdid turini tanlaydi. Shundan so'ng tahdidning ehtimollik darajasi, Confidentiality, Integrity va Availability ko'rsatkichlari asosida boshlang'ich risk hisoblanadi.

Hisoblash jarayonida quyidagi formula ishlatiladi:

Risk = P × ((C + I + A) / 3)

Bu yerda P — tahdid ehtimolligi, C — maxfiylikka ta'sir, I — yaxlitlikka ta'sir, A — mavjudlikka ta'sir.

Keyingi bosqichda tizim tanlangan tahdidga mos himoya texnologiyalarini tavsiya qiladi. Har bir himoya texnologiyasiga samaradorlik koeffitsiyenti berilgan. Agar bir nechta himoya texnologiyasi tanlansa, ularning umumiy samaradorligi kombinatsion formula orqali hisoblanadi.

So'ngra qoldiq risk aniqlanadi:

Residual Risk = Initial Risk × (1 - E)

Bundan tashqari, tizim xavfsizlik indeksini ham hisoblaydi:

Security Index = 100 - ((Residual Risk / 25) × 100)

Natijalar dashboard, diagramma, jadval, topologiya simulyatsiyasi va PDF hisobot ko'rinishida taqdim etiladi. Bu tizim telekommunikatsiya tarmoqlarida kiberxavfsizlik muammolarini baholash va ularga qarshi ilmiy asoslangan himoya choralarini ishlab chiqishga xizmat qiladi.
